Yoshlarning innovatsion Tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisi

Yangiliklar va e'lonlar

E'lonlar

Vazir “Yangi avlod avtomobili” musobaqasini kuzatdi

Vazir “Yangi avlod avtomobili” musobaqasini kuzatdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov “Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida o‘tkazilayotgan “Yangi avlod avtomobili” musobaqasi jarayonlari bilan tanishdi.

Musobaqada respublikaning turli hududlaridan kelgan 20 dan ortiq jamoa hamda 200 nafardan ziyod yosh muhandislar o‘zlari ishlab chiqqan innovatsion elektromobillar bilan ishtirok etmoqda.

Bellashuv davomida prototiplar 10 kilometrlik yopiq trassa sharoitida sinovdan o‘tkazilmoqda. Asosiy mezon sifatida minimal energiya sarfi evaziga maksimal masofani bosib o‘tish qobiliyati belgilangan.

Kuzatuv davomida vazir yosh muhandislar ishlanmalarini yuqori baholab, ularning yaratuvchan g‘oyalari va innovatsion yondashuvlari haqida ishtirokchilar bilan suhbatlashdi hamda o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdi.

Kategoriya: E'lonlar