Yoshlarning innovatsion Tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisi

Inkubatsiya & Akseleratsiya

G'oyangizni tayyor biznesga aylantiring — mentorlik, infratuzilma va moliyalashtirish bilan

2026-yil natijalari Ariza topshirish
220 loyiha akseleratsiyadan o‘tdi
35 ta MVP / prototip tayyorlandi
262 mln so‘m investitsiya va grant
6 loyihaga birinchi buyurtma
Dastur yo'li

G'oyadan Biznesgacha

Ikkita bosqichli yaxlit tizim: inkubatsiya g'oyani shakllantiradi, akseleratsiya uni bozorga olib chiqadi

G'oya Boshlang'ich tashabbuskor
Tayyor Mahsulot MVP / Prototip
Biznes Muvaffaqiyatli startap
01 · bosqich

Inkubatsiya

  • Bozorni o'rganish
  • Biznes-model qurish
  • Prototip yaratish
  • Mentorlik ko'magi
Inkubatsiya
02 · bosqich

Akseleratsiya

  • Tezlashtirilgan o'sish
  • Investor jalb qilish
  • Xalqaro bozor
  • Demo Day
Bosqichlar
Inkubatsiya dasturi

G'oyadan Loyihagacha

G'oya endigina paydo bo'lgan paytda uni shakllantirish, bozorni o'rganish va biznes modelini qurishga yordam beramiz. Shaxsiy mentor va zamonaviy infratuzilma bilan har bir tashabbuskor haqiqiy loyiha yaratadi.

Siz nimaga ega bo‘lasiz

  • Shaxsiy mentor va ekspert bilan intensiv ishlash
  • Zamonaviy lab, 3D-printerlar va texnik jihozlarga kirish
  • Innovatsion g'oyani ishlaydigan prototipga aylantirish
  • Seminar, trening va master-klasslarda ishtirok etish
  • Bozor tahlili va raqobat muhitini o'rganish
  • Moliyaviy qo'llab-quvvatlash va grant imkoniyatlari

Inkubatsiya yo‘nalishlari

Dizayn

UX/UI, grafik va sanoat dizayni yo'nalishida ijodiy loyihalar va innovatsiyalar

Elektronika

Sensor, mikrokontroller va qurilma dasturlash bo'yicha apparat innovatsiyalar

Konstruktorlik

Muhandislik konstruksiyalari, mexanika va 3D-chop asosidagi loyihalar

Dasturlash

Mobil, web ilovalar va sun'iy intellekt asosidagi texnologik yechimlar

Marketing

Digital marketing strategiyalari va startap kommunikatsiya tizimlari

Texnologiya

IoT, blockchain va emerging texnologiyalar asosidagi innovatsion yechimlar

Akseleratsiya markazi

“INNO” texnoparkidagi Akseleratsiya markazi

Akseleratsiya markazi 2026-yil 25-iyun kuni “INNO” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida ochildi. Markaz 30 ta zamonaviy kompyuter, laboratoriya va ishlab chiqarish dastgohlari (3D printer, lazer va CNC stanoklari) bilan jihozlangan.

Ochilgan sana: 25-iyun, 2026-yil Markaz zonalari
  • Qabul (reception)
  • Networking
  • Pitching
  • Amaliy darslar
30 zamonaviy kompyuter
6 kun — haftalik mashg‘ulotlar
4 funksional zona
3 turdagi dastgoh
Jihozlar
3D printer Lazer stanogi CNC stanogi Laboratoriya
Dastur bosqichlari

Akseleratsiya qanday o‘tadi

Dastur uch bosqichdan iborat — muammo tahlilidan investorlar oldidagi Demo Day taqdimotigacha.

  1. I
    I bosqich

    Tahlil va g‘oya

    Bozor va muammo tahlili, mijozlar bilan ishlash (CustDev), raqobatchilarni o‘rganish.

  2. II
    II bosqich

    Ishlab chiqarish va MVP

    Texnik chizmalar, elektronikani yig‘ish, CNC va lazer dastgohlarida ishlash, birlamchi prototip yasash.

  3. III
    III bosqich

    Tijoratlashtirish va Demo Day

    Tannarxni hisoblash, huquqiy hujjatlarni rasmiylashtirish, investorlar uchun taqdimot (Pitch Deck) va Demo Day.

2026-yil dasturlari

Akseleratsiya dasturlari — 2026

Joriy yilda o‘tkazilgan dasturlar, ularning muddatlari va natijalari

Akseleratsiya bosqichi Yakunlangan

“Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik-tanlovi

1–31-iyul, 2026-yil “INNO” texnoparki

Akseleratsiya bosqichi — saralashdan o‘tgan loyihalarni intensiv takomillashtirish va finalga tayyorlash dasturi

180 loyiha akseleratsiyada
90 loyiha finalga chiqdi
Nominatsiyalar
  • “Eng yaxshi g‘oya” 60 nafar
  • “Eng yaxshi loyiha” 60 nafar
  • “Eng yaxshi ixtiro” 60 nafar
muhandis.edu.uz saytiga o‘tish
Muhandislik dasturi Yakunlangan

“Hardware” loyihalar uchun muhandislik akseleratsiyasi

15-iyun – 15-avgust, 2026-yil “INNO” texnoparki

Texnika va muhandislik yo‘nalishidagi g‘oyalarni professional darajadagi Hardware startap loyihasiga aylantirish dasturi

  • Yakuniy Demo Day: 9-sentabr, 2026-yil
  • Jami: 40 ta loyiha (212 ta arizadan saralangan)
  • Dastur davomiyligi: 2 oy (to‘liq intensiv)
  • Yosh chegarasi: 18 – 35 yosh
Dastur natijalari
35 ta MVP
29 loyiha Demo Day’da
262 mln so‘m jalb qilindi
6 loyihaga buyurtma
apply.yito.uz saytiga o‘tish
Natijalar

Muvaffaqiyat tarixlari

Akseleratsiya dasturini o‘tagan loyihalar — investitsiya, grant va birinchi buyurtmalar.

132 mln so‘m investitsiya

“Shunqor-8”

Sun’iy intellekt · Dron

Sun’iy intellekt boshqaruvidagi dron-interseptor loyihasi Davlatimiz rahbariga taqdim etildi, 132 mln so‘m investitsiya jalb qildi.

30 mln so‘m investitsiya

“AgroTechnology”

Agrotexnika

Piyoz va mayda urug‘li ekinlarni aniq ekish kompleksi (2 yil davomida 160 gektarda sinovdan o‘tgan). Jizzax viloyati hokimligidan birinchi buyurtma olindi, 30 mln so‘m investitsiya jalb qilindi.

Davlat buyurtmasi olindi

“Qaytmas”

Maxsus texnika

Minaga qarshi mini tank loyihasi bo‘yicha maxsus yer usti dronini ishlab chiqish uchun davlat buyurtmasi olindi; texnoparkda loyiha uchun alohida xona ajratildi.

80 mln so‘m grant

“Free Energy Pro6”

Energetika

Akseleratsiya davomida dizayni yangilandi va 80 mln so‘m grant yutib olindi.

20 mln so‘m grant

“WindFlower Energy”

Yashil energetika

Gul ko‘rinishidagi ixcham shamol turbinasining prototipi tayyorlandi, “Yashil tashabbuslar” respublika tanlovida 20 mln so‘m grant yutildi.

Kelishuvlar savdo tarmoqlari bilan

“Robo Savatcha”

Riteyl texnologiyalari

Supermarketlar uchun aqlli savdo aravachasi bo‘yicha yirik savdo tarmoqlari bilan dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Asosiy yo'nalishlar

Dastur Vazifalari

Innovatsion tashabbuskorlarni muvaffaqiyatga olib boruvchi oltita strategik vazifa

Treninglar va Mentorlik

Yoshlarning savodxonligini oshirish maqsadida seminarlar, master-klasslar va mentorlik dasturlarini yo'lga qo'yish.

Startap Akselerator

Tashabbuskor yoshlarning innovatsion loyihalarini startap akselerator va biznes-inkubatorlar orqali takomillashtirish.

Monitoring va Baholash

Innovatsion va texnologik salohiyatni baholash, monitoring qilish va erishilgan natijalarni tizimli tahlil qilish.

Xorijda Malaka Oshirish

Iqtidorli yoshlarni rivojlangan davlatlarning ilmiy markazlari, universitetlari va texnoparklariga yo'naltirish.

Xalqaro Hamkorlik

Universitetlar va ilmiy markazlar bilan aloqalar o'rnatish, xalqaro konferensiyalar va tanlovlar o'tkazish.

Tijoratlashtirish

Ishlanmalarni tanlash, baholash va joriy etish, investitsiyalar jalb qilish, yarmarkalar va ko'rgazmalar tashkil etish.

Ko‘p beriladigan savollar

Savollaringizga javoblar

Dasturga qatnashishdan oldin eng ko‘p so‘raladigan savollar

Bog‘lanish
Dasturda kimlar ishtirok eta oladi?

Innovatsion g‘oya yoki texnik loyihaga ega bo‘lgan yoshlar. Har bir dastur shartlari alohida e’lon qilinadi — masalan, “Hardware” akseleratsiyasida yosh chegarasi 18 – 35 yosh.

Ariza qanday topshiriladi?

Arizalar apply.yito.uz platformasi orqali onlayn qabul qilinadi. Arizalar saralanadi va eng istiqbolli loyihalar dasturga qabul qilinadi — 2026-yilda 212 ta arizadan 40 tasi saralab olingan.

Dastur qancha davom etadi?

Akseleratsiya dasturlari 1 – 2 oy davomida to‘liq intensiv formatda o‘tadi, mashg‘ulotlar haftasiga 6 kun tashkil etiladi.

Mashg‘ulotlar qayerda o‘tadi?

“INNO” texnoparkidagi Akseleratsiya markazida — 30 ta zamonaviy kompyuter, 3D printer, lazer va CNC stanoklari hamda laboratoriya bilan jihozlangan.

Qaysi yo‘nalishdagi loyihalar qabul qilinadi?

Dizayn, elektronika, konstruktorlik, dasturlash, marketing hamda IoT, blockchain kabi zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishidagi loyihalar.

Dastur yakunida nimaga ega bo‘laman?

Ishlaydigan MVP yoki prototip, tayyor Pitch Deck va Demo Day’da investorlar oldida loyihani taqdim etish imkoniyati.

G‘oyangiz bormi? Uni birgalikda biznesga aylantiramiz

Navbatdagi dasturlarga ariza topshiring yoki savollaringiz bo‘lsa, biz bilan bog‘laning.