Yoshlarning innovatsion Tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisi

Yangiliklar va e'lonlar

E'lonlar

🏆 "Kelajak muhandislari" respublika ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi natijalari e'lon qilindi!

🏆 "Kelajak muhandislari" respublika ko‘rik-tanlovining saralash bosqichi natijalari e'lon qilindi!

✅ Saralash bosqichi yakunlariga ko‘ra, tanlovning "Eng yaxshi g'oya", "Eng yaxshi loyiha" va "Eng yaxshi ixtiro" yo‘nalishlarining talaba, amaliyotchi-muhandis hamda professor-o‘qituvchi kategoriyalarining har biridan 20 tadan, jami 180 ta ishtirokchi ikkinchi bosqichga yo‘llanma oldi.

🚀Endilikda saralangan 180 ta loyiha tanlovning ikkinchi bosqichi-akseleratsiya dasturi bosqichida ishtirok etadi. Ushbu bosqichda loyihalarni texnik, ilmiy va iqtisodiy jihatdan takomillashtirish, ularning amaliy ahamiyati va joriy etish samaradorligini oshirish, shuningdek, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash bo‘yicha kompleks ekspertlik va mentorlik ko‘magi taqdim etiladi.

🎉 Akseleratsiya dasturi yakunida ishtirokchilar o‘z g‘oya, loyiha va ixtirolarini ekspertlar oldida taqdimot ko‘rinishida himoya qiladilar. Himoya jarayonida ishlanmalarning innovatsionligi, ilmiy-texnik asoslanganligi, iqtisodiy samaradorligi, loyiha taqdimoti hamda himoya qilish ko'nikmalari baholanadi.

Batafsil ikkichi bosqichga taklif etilgan arizalar ro‘yxati bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

Eng yaxshi g'oya;
Eng yaxshi loyiha;
Eng yaxshi ixtiro.

Kategoriya: E'lonlar