Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash ofisi

Yoshlarning g'oyalarini real loyihalarga aylantiramiz

Yoshlarning ilmiy g'oyalari va muhandislik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlaymiz — tanlovlar, akseleratsiya dasturlari va xorijiy stajirovkalar orqali ularni amaliy loyihalarga aylantiramiz.

5 bosqichli yondashuv
01 Jalb etish

Iqtidorli yoshlarni tanlovlar, festivallar va tadbirlar orqali dasturga jalb qilish

02 Saralash

Ekspert komissiyasi tomonidan g'oyalarni texnik va amaliy jihatdan baholash

03 Takomillashtirish

Mentor va mutaxassislar yordamida g'oyani loyihaga aylantirish

04 Moliyalashtirish

Grant ajratish va strategik investitsiya jalb qilishda ko'mak ko'rsatish

05 Joriy etish

Tayyor mahsulotni bozorga yoki amaliyotga olib chiqish va natijani taqdim etish

Tashkilot haqida

Innovatsion yoshlarni qo'llab-quvvatlaymiz

Muhandislik, sun'iy intellekt, robototexnika va yashil energetika sohalarida iqtidorli yoshlarga tanlovlar, akseleratsiya dasturlari, ilmiy grantlar va xorijiy stajirovkalar orqali ko'mak ko'rsatamiz — g'oyadan bozorga tayyor mahsulotga qadar.

Batafsil
50 000+ Yoshlar qamrovi +18% y/y
1 500+ Qo'llab-quvvatlangan tashabbus +24% y/y
30+ Dastur va tanlov +12% y/y
5+ Strategik yo'nalish Barqaror
Faoliyat mexanizmlari

Yoshlarga qanday yordam beramiz

G'oya bosqichidan boshlab amaliy natijaga qadar — bosqichma-bosqich, tizimli va ochiq tartibda yordam beramiz.

G'oyadan mahsulotga

Har bir tashabbus «g'oya — tadqiqot — prototip — startap — mahsulot» zanjiri bo'yicha ko'rib chiqiladi. Ofis yoshlarga shu bosqichlarning har birida tashkiliy, texnik va maslahat ko'magini beradi.

Tanlovlar va musobaqalar

Festival, oromgoh va xakatonlar orqali iqtidorli yoshlar aniqlanadi, ularning g'oyalari va loyihalari mahalliy, respublika hamda xalqaro musobaqa bosqichlariga tayyorlanadi.

Mentorlik va o'quv dasturlari

Mamlakatning yetakchi olimlari va tadbirkorlari bilan mentorlik, shuningdek treninglar, seminarlar va master-klasslar orqali yoshlarning kasbiy salohiyati oshiriladi.

Startap akseleratsiyasi

Tanlangan loyihalar akselerator va biznes-inkubator dasturlariga jalb etiladi. Huquqiy, moliyaviy va marketing ko'magi ko'rsatiladi; investitsiya jalb qilishda vositachilik qilinadi.

Xalqaro amaliyot

Nufuzli xorijiy universitetlar, texnoparklar va ilmiy markazlarda stajirovka, almashinuv va birgalikdagi tadqiqot imkoniyatlari taqdim etiladi.

Grant va moliyalashtirish

Yoshlarning innovatsion tashabbuslariga mo'ljallangan grant dasturlari tashkil etiladi. Loyihalarga zaruriy huquqiy, axborot va maslahat xizmatlari bepul ko'rsatiladi.

Jarayon bosqichlari

G'oyadan amaliy loyihagacha

01
Ariza topshirish Ofisning rasmiy saytida ariza blankasini to'ldirib yuboring
02
Ekspert baholash Mutaxassislar tomonidan texnik va amaliy baholash
03
Mentorlik Soha ekspertlari bilan individual ishlov
04
Dastur / Tanlov Eng mos dastur yoki tanlovga tavsiya etiladi
05
Amalga oshirish Moliyalashtirilgan loyiha amalga oshiriladi
06
Natija taqdimoti Ko'rgazma yoki press-konferensiyada taqdimot
Ariza topshirish Ofisning rasmiy saytida ariza blankasini to'ldirib yuboring
Ekspert baholash Mutaxassislar tomonidan texnik va amaliy baholash
Mentorlik Soha ekspertlari bilan individual ishlov
Dastur / Tanlov Eng mos dastur yoki tanlovga tavsiya etiladi
Amalga oshirish Moliyalashtirilgan loyiha amalga oshiriladi
Natija taqdimoti Ko'rgazma yoki press-konferensiyada taqdimot

Arizangizni bizga yuboring — jarayon qanday ketishini birga ko'ramiz

Dasturlar va tanlovlar

Musobaqa, grant va stajirovkalar

Muhandislik, texnologiya va ilm-fan sohasidagi iqtidorli yoshlarga — respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, ilmiy grantlar va xorijiy stajirovka imkoniyatlari.

Kelajak muhandislari xalqaro festivali
FESTIVAL Tez orada

«Kelajak muhandislari» xalqaro festivali

Eng yaxshi g'oya, eng yaxshi loyiha, eng yaxshi ixtiro — uch yo'nalishda xalqaro muhandislik festivali. 39 ta musobaqa, 9 ta yo'nalish.

Sentyabr 2026
10–18 yosh
Eslatma qo'yish
Mirzo Ulug'bek vorislari tanlovi
TANLOV Qabul ochiq

«Mirzo Ulug'bek vorislari» respublika tanlovi

Uch bosqichda — tuman, hudud va respublika miqyosida — har yili 50 ming nafar yosh qatnashadi. Iqtidorli yoshlar uchun eng nufuzli respublika tanlovi.

30 iyun 2026
16–25 yosh
Ariza topshirish
Bo'lajak olim grant dasturi
GRANT Tez orada

«Bo'lajak olim» innovatsion grant

Har yili 1 500 nafar yosh ishtirok etadi. Tanlangan loyihalarga BHMning 400–3 000 baravarigacha grant mablag'i ajratiladi.

1 avgust 2026
40 yoshgacha
Eslatma qo'yish
Kelajak muhandislari xorijiy stajirovka
STAJIROVKA Ariza qabul

«Kelajak muhandislari» xorijiy stajirovka

Koreya, Germaniya, Singapur va Yaponiyaning yetakchi texnoparklari hamda universitetlariga har yili 50 dan ortiq stajirovka o'rni.

Yil davomida
18–30 yosh
Ariza topshirish
TechnoWays texnologik marafon
MARAFON Qabul ochiq

TechnoWays texnologik marafon

Hududlardagi 2 000 dan ortiq yoshning texnologik bilimlarini rivojlantirish uchun intensiv marafon. Mentorlar, hackathon va g'oliblar uchun texnik asbob-uskuna.

Doimiy qabul
30 yoshgacha
Ariza topshirish
Media markaz

Yangiliklar va e'lonlar

Hamkorlik

Bizning hamkorlarimiz

Mahalliy va xorijiy yetakchi universitetlar, ilmiy muassasalar, texnoparklar va sanoat tashkilotlari bilan birgalikda ishlashib, yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratamiz.

EEC EEC
Minin University Minin University
Nazzar Nazzar
T-Net T-Net
Tuya Smart Tuya Smart
UBTECH Robotics UBTECH Robotics
Murojaat

Biz bilan bog'laning

Hamkorlik, loyiha, tanlov yoki boshqa savollar bo'yicha — barcha murojaatlar ko'rib chiqiladi.

  • Manzil Toshkent, Olmazor tumani,
    Universitet ko'chasi 2/1
  • Elektron pochta info@yito.uz
  • Ish vaqti Du – Ju: 9:00 – 18:00
    Shanba: 9:00 – 13:00
Yo'l topish: Yandex · Google · 2GIS

Murojaat yuborish

Barcha maydonlarni to'ldiring. 1 ish kuni ichida javob beramiz.

Ma'lumotlar xavfsiz saqlanadi